Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatiladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-923-son, 02.04.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, quyidagi qoʻshimchalar kiritildi:

    “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish oʻrinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi:

    • 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – 3 oygacha;
    • 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – 6 oygacha;
    • 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganda –12 oygacha.

    Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi:

    • 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;
    • 101 dan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;
    • 200 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganda – ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.