Konferensiya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, BMT bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad, BMT bosh kotibi oʻrinbosari Lyu Chjenmin hamda Misr, Qozogʻiston, Peru, Filippin, Janubiy Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlaridan tarkib topdi.
Rivojlanish boʻyicha xalqaro hamkorlik kun tartibida, qashshoqlikni har qanday shaklda yoʻq qilishga ustuvor ahamiyat berayotgani, rivojlanayotgan mamlakatlarga, eng kam rivojlangan mamlakatlarga, rivojlanayotgan mamlakatlarga, xususan pandemiya oqibatlarini bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov oʻz nutqida kambagʻallikni qisqartirish mamlakat Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifa ekanligini taʼkidladi. Ushbu muammoning ahamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan takliflarida, shuningdek, qashshoqlikni yoʻq qilish va kambagʻallikni qisqartirish BMT Bosh assambleyasining yaqinlashib kelayotgan sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilashda va ushbu masalalarga bagʻishlangan Global sammitni oʻtkazishda oʻz aksini topgani qayd etildi.
Oʻzbekistonning uzoq muddatli strategik maqsadi barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish, kambagʻallik darajasini keskin kamaytirish ekanligi taʼkidlandi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotini mustahkamlash hamda liberallashtirish boʻyicha tarkibiy islohotlarga eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi nutqida kambagʻallikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, shuningdek, ushbu mamlakatning qashshoqlikka qarshi kurashish boʻyicha Xitoy xalq Respublikasining muvaffaqiyatli tajribasini rolini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro rivojlanish boʻyicha sheriklik aloqalarini kengaytirish, “«Bir makon—bir yoʻl”» tashabbusini va BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirishga hissa qoʻshadigan boshqa mintaqaviy va xalqaro hamkorlik tashabbuslarini qabul qilishning muhimligi toʻgʻrisida kelishib oldilar. Uchrashuv doirasida, qatnashchilar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yana-da ochiq va inklyuziv rivojlanish muhitini yaratish, ayniqsa, pandemiya sharoitida global taʼminot zanjiridagi uzilishlarni bartaraf etish bozorlar ochiqligini taʼminlashning ahamiyatiga ham etibor qaratishdi.

Xususan, XXR tashqi ishlar vaziri va BMT vakillari global pandemiya natijasida 70-100 millionga yaqin dunyo aholisi oʻta qashshoqlik darajasiga tushib qolishi boʻyicha tahdidlar mavjud ekanligini taʼkidladilar. Shu munosabat bilan ular kambagʻallikni qisqartirish, moliyaviy va texnik yordam rolini kuchaytirish yuzasidan strategik sheriklik muhimligi hamda pandemiya sharoitida yana-da zarur omilga aylangani qayd etdilar.
Bundan tashqari, global koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi amaliy choralar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlik, shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha konsepsiya va strategiyani ishlab chiqish boʻyicha xalqaro ekspertlar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Iqtisodiy barqaror va inklyuziv oʻsishni taʼminlash, inson kapitalini rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan va amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar sifatida taqdim qilindi.
Oʻzbekiston tomonidan quyidagilar taklif qilindi:
- kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish;
- XXRning kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlarini tashkil etish;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish.
Oʻz navbatida, Xitoy tomoni yordam koʻrsatishga va kambagʻallikni qisqartirish sohasidagi tajribasi bilan oʻrtoqlashishga tayyorligini bildirib oʻtdi.
Xususan, XXR tashqi ishlar vaziri janob Van Yi - «Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston kambagʻallikni qisqartirish sohasida muhim natijalarga erishdi, bu bilan Xitoy tomoni oʻz samimiy tabriklarini bildiradi. Biz Oʻzbekistondagi hamkasblarimizni kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tajriba almashish uchun Xitoyga tashrif buyurishga taklif etamiz. Har bir mamlakat oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ishonchim komilki, har bir davlat oʻz mamlakatidagi vaziyatga mos boʻlgan kambagʻallikni bartaraf qilish uchun oʻz yoʻlini topishga qodir" deya taʼkidladi.
Videokonferensiya yakunida, ishtirokchilar ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmati