Murojaatida u ish vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida tanasining yarmini kuydirib olgani, hozirda shifoxonaga yotqizilgani va davolanish uchun moliyaviy imkoniyati yoʻqligini yozadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Bosh konsulxona hamkorligida ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan maxsus shifokor hamrohligida Oʻzbekistonga olib kelindi.