Guvohlar suv toshqinini videoga olishdi. Internetda tarqalgan videolavha muallifi u butunlay suv bosgan aerodromning uchish-qo'nish yo'lagida turganini ma'lum qilgan.
Parvozlar vaqtinchalik to'xtatilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiyga yo'l olgan yo'lovchilarni Mi-8 vertolyotlari orqali olib o'tish rejalashtirilgan.
Suv oqimi allaqachon to'xtagan, havo qatnovi bir necha kundan keyin tiklanadi, deb xabar beradi gazeta.ru.