Ushbu unvon universitetning ilmiy kengashi tomonidan dunyodagi taniqli madaniyat arboblariga musiqa sanʼati rivoji va ravnaq topishi yoʻlida qoʻshgan sezilarli hissasi uchun beriladi. Tantanali marosimda mazkur universitet rektori, Qozogʻiston xalq artisti, YUNESKO artisti, Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tinchlik va rivojlanish Davlat mukofoti laureati Ayman Musaxodjayeva faxriy unvonni topshirdi.

Qayd etish kerakki, Qozogʻiston milliy sanʼat universiteti “European Association of Conservatoires (AEC)” tarmogʻiga kiradi va dunyoga mashhur koʻplab musiqachilar bilan hamkorlik qiladi.