Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz musobaqada yakkalik va jamoaviy yoʻnalishlarda oʻz omadlarini sinab koʻrishadi.
23-aprelga qadar davom etadigan ushbu bosqichda erkak sportchilarimizdan Mirjalol Qarorov, Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov va Chen Yao Yuy hamda ayol sportchilarimizdan esa Zebiniso Abdusattorova, Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva va Kamola Yunusova kabi mohir atletlar yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Musobaqada yurtdoshlarimiz qayd etgan natijalar haqida xabar berib boramiz, bizni kuzatib boring.









