U yerda kontinental qobiqning odatdagidan qalinroq bo'lagi paydo bo'ldi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bu yangi mikrokontinentning “embrioni”.
Olimlar ushbu mintaqada yer qobig'ining evolyutsiyasini kompyuter modellashtirish yordamida qayta qurib chiqishdi. Shuningdek, ular yoriqlar yo'nalishi va yoshini aniqlash uchun seysmik ma'lumotlarga tayanishdi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, Kanada va Grenlandiya o'rtasidagi dastlabki riftogenez (yoriq hosil qilish jarayoni) taxminan 118 million yil oldin, Quyi bo'r davrida boshlangan. Labrador dengizi va Baffin dengizida yangi okean litosferasining shakllanishi taxminan 61 million yil oldin boshlangan.
Kichik qit'a asososan 58-49 million yil oldin shakllana boshlagan.
Mazkur qit'a hududida materik qobig'ining qalinligi 19-24 kilometrni tashkil etadi, deb xabar beradi mir24.tv.
Olimlarning ta'kidlashicha, mikrokontinentlarning shakllanishini o'rganish Yerdagi plitalar tektonikasining mexanizmlarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Bu tektonik ofatlar oqibatlarini bashorat qilish va foydali resurslarni topish uchun muhim ahamiyatga ega.