Kanadadagi soʻnggi muz togʻi global isish taʼsirida Shimoliy muz okeaniga qulab tushdi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.

Olimlarning fikriga koʻra, Elsmir orolining chetida, bundan 4000-yil avval boʻlgan muzlik atigi 48 soat ichida oʻz hajmining 43 foizini yoʻqotgan. Undan 80 kvadrat kilometrlik muz boʻlagi chiqib ketdi. Bunga havo haroratining koʻtarilishi, iliq shamol va muz togʻi oldidagi ochiq suv sabab boʻlgan.

Mutaxassislar Arktika muzining erishi dengiz sathining koʻtarilishiga va noyob hayvonlarning, shu jumladan qutb oq ayiqlarining yoʻqolib ketishiga tahdid solishini ogohlantirmoqda.

Avvalroq aytilganidek, Antarktida global isish tufayli har yili 118 gigatonna, Grenlandiyada esa 200 gigatonna muz eriydi