Birinchi marta 2011-2012-yillarda Vladivostokda kana chaqishi natijasida nomaʼlum virusni yuqtirish holatlari aniqlangan. Kasal boʻlganlarda uch-besh kun davomida oʻtkir respirator sindromli isitma yuzaga kelgan edi.

Oʻn yil oʻtgach, Rospotrebnadzorning “Vektor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazi olimlari tadqiqot oʻtkazishdi va bu Xaseki virusi ekanligini aniqlashdi. Tahlil uchun Vladivostokda kana chaqqan bemorlarning zardobi arxiv namunalari, shuningdek, Novosibirskdagi katta yoshli kanalar va odam zardobi namunalari tanlab olindi.

Xaseki virusi ham alohida, ham boshqa kanalardan yuqadigan infeksiyalar bilan birga mavjud boʻla oladi, deyiladi aif.ru saytida.

“Biz aniq aytishimiz mumkinki, virus nafaqat Rossiyaning ikki mintaqasida tarqalmoqda, uning tarqalish geografiyasi ancha kengroq”, dedi “Vektor” Markazining katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi Mixail Kartashov.