Kanadaning “RLG International Inc” korxonasi bilan dastlabki uchrashuv (kick-off meeting) boʻlib oʻtdi

    Energetika 12 Iyul 2021 1002

    “Oʻzbekneftgaz” AJning quduqlarni burgʻilash va kapital taʼmirlash jarayonlarining operatsion samaradorligini oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida 2021-yil 8-iyulda “RLG International Inc.” (Kanada) maslahatchilari bilan dastlabki uchrashuv (kick-off meeting) boʻlib oʻtdi.

    Shartnoma xorijiy mutaxassislarning ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi, diagnostika boʻyicha ishlarni bajarish, quduqlarni burgʻilash va kapital taʼmirlash jarayonlarining hozirgi holatini baholash koʻzda tutilgan.

    Loyiha doirasida Shoʻrtan NGQCHB, Muborak NGQCHB, Gazli NGQCHB va Ustyurt GQCHB ishlab chiqarish maydonlarida, shuningdek, konlarda olib borilayotgan ishlar koʻzda tutilgan. “Oʻzneftegaz burgʻilash ishlari” MCHJ tomonidan quduqlarni burgʻilash samaradorligi va “Oʻzbekneftgaz” AJ burgʻilash ishlarini muvofiqlashtirish departamenti bilan oʻzaro aloqalari baholanadi. Shuningdek, “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ quduqlarini kapital taʼmirlash boʻyicha ishlar samaradorligi va “Oʻzbekneftgaz” AJ konlarni ishlatish departamenti bilan oʻzaro hamkorlik baholanadi.

    Dastlabki uchrashuv natijasida loyihaning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha amaliy harakatlar kelishib olindi va loyihaning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.