Kecha, 23-fevral kuni soat 17:00 da Toshkent viloyati Bekobod shahar FVBga Bekobod tumani “Qoʻqon” MFY hududi boʻylab harakatlanib ketayotgan “COBALT” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida ushbu hududdan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanaliga tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Bekobod shahar FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqdilar.
Hodisa natijasiga vafot etgan va tan jarohati olganlar yoʻq.