Bugun, 3-mart  kuni soat 11:00 da Namangan viloyati Uchqo'rg'on tuman FV bo'limiga “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi  Uchqo'rg'on-Qo'g'ay yo'nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida

boshqaruvni yo'qotib, “Katta Magol” MFY hududidan oqib o'tuvchi kanalga tushib ketganligi to'g'risida xabar kelib tushgan. 

Shunga ko'ra, tuman FV bo'limi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q.