Kannabisdan tayyorlangan kosmetika – bu o'simlikning o'zini oqlagan eng yaxshi yo'nalishlaridan biridir. Kannabisga asoslangan kosmetika tom ma'noda go'zallik bozorini qo'lga kiritdi va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida risolalar ham yozilgan.

Salomatlik kafolati va qarishni oldini olish

Kannabisga asoslangan kosmetikaning kelajagi porloq, chunki, hozirgi kunda vegan va organik mahsulotlar ayni urfda. Aynan kannabis yog'i bilan kosmetik mahsulotlar asosiy tarkibini tashkil etuvchi —asalari mumi, baliq yog'i va boshqa hayvon tarkibiy qismlari o'rnini bosa oladigan ajoyib muqobil nusxa bo'la oladi.

Krem va boshqa kosmetik vositalarda kannabidiol ishlatiladi -bu modda psixoaktiv ta'sirga ega emas, lekin umuman teriga va sog'liqqa samarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Kanabinoidlar biologik membranalarning asosiy tarkibiy qismlari bo'lgan lipidlar-yog'larni ishlab chiqarishni tezlashtiradi. Lipidlar terini yumshatadi, uning elastikligi va mayinligini ta'minlaydi, ajinlar paydo bo'lishini oldini olib, namlik yo'qotilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu modda terini atrof-muhitning salbiy ta'siridan himoya qiladi, lipid muvozanatini saqlaydi va qarishning oldini oladi.

Kannabisning potentsial foydasi shu bilan tugab qolmaydi.  Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, kannabidiol yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega va husnbuzar, psoriaz va boshqa dermatologik muammolari bor bemorlarga yordam berishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kannabis mahsulotlari sebumani ajralib chiqishini samarali tartibga soladi va yallig'lanishni oldini olish mumkin.

Kosmetik vositalar qanday ta'sir ko'rsatadi:

Tabiiy kannabis yog'i terini mukammal namlaydi va uning tuzilishini tiklaydi. Tarkibida yuz va tana uchun niqob va skrablar mavjudligi uchun undan mustaqil mahsulot sifatida foydalanish mumkin. 

Bir hafta muddat ichida yuz uchun mo'ljallangan kannabis urug'idan olingan ampula yog'idan foydalanilsa, yuzdagi charchoq va ta'sirchanlik muammolarini umuman unutish mumkin.

Kannabis urug'idan olingan sochni intensiv namlantiruvchi niqoblardan foydalanish eng zaif va quruq yog'larni ham hayotga qaytara oladi.  

  • Kannabis urug'idan olingan tana uchun mo'ljallangan los`on, kakao yog'i va altey ildizidan foydalanish tanani quyoshdan chiniqish davrini uzaytira oladi
  • Tarkibida tozalangan kannabis yog'i va shi daraxtining yog'i, dengiz o'tlari ekstraktlari, jen`shen va kannabis urug'i, A, C va E vitaminlari, fosfolipidlar va peptidlar o'z ichiga oluvchi sut tanani yumshatish va ajinlarni tarqatish xususiyatlariga ega.  
  • Qo'l uchun mo'ljallangan pantenolli allantoin va kannabis urug'i yog'i bo'lgan krem terini namlik, shamol, yuqori va past haroratdan himoya qiladi.
  • Ildiz xujayralari va organik kannabis yog'ini o'z ichiga olgan krem chuqur hujayralarni ta'minlaydi, terini oziqlantiradi va yumshatadi, tinchlantiruvchi, shifobaxsh va qayta tiklovchi ta'sirga ega. 
  • Kannabis urug'i yog'idan olingan oyoq uchun mo'ljallangan krem teridagi qadoq va yoriqlarni yumshatadi va tiklaydi.
  • Hattoki xushbo'ylantiruvchi atirlar notalari ham greypfrut, qayin, evkalipt, tabaka, mate, kashmir daraxti , kardamon va kannabisdan olinadi.