Janubiy Koreyaning Kannin shahrida yuz bergan yongʻin tufayli bir necha yuz kishi evakuatsiya qilindi. ABC News xabarida aytilishicha, yongʻin shaharning markaziy qismida boshlangan. Tezlik bilan 550 kishi xavfsiz joylar – maktab va muz saroyiga koʻchirilgan.
380 gektar maydonni qamrab olgan yongʻin tufayli 70 ta uy yonib ketdi. Uni oʻchirishda uch mingga yaqin oʻt oʻchiruvchi ishtirok etdi. Rasmiy xabarlarga qaraganda, bir kishi vafot etgan, ikki oʻt oʻchiruvchi va yana bir fuqaro turli darajada kuygan.