Fuqarolik ishlari bo'yicha CHust tumanlararo sudining 2012 yil 8 fevraldagi qaroriga asosan  Rustam Solijonovdan undiruvchi Sadoqat Tavisova foydasiga  2 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Solijonovga karantinli davrda ham voyaga etmagan farzandlari uchun aliment mablag'ni to'lab borishi davlat ijrochisi tomonidan muntazam tushuntirib borildi.  

Olib borilgan targ'ibot tadbirlari samara berib, Solijonov joriy yilning 1 iyun` holatiga yuzaga kelgan 10 mln so'm qarzdorlikni to'lab berdi. Bundan tashqari davlat ijrochisi tomonidan har oyda aliment mablag'larini o'z vaqtida to'lab borish lozimligi tushuntirildi.    

Byuroning Pop tuman bo'limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog'liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash davom etmoqda.        

  Jamoliddin Raxmatullaev,    

 MIB Pop tuman bo'limi boshlig'i