“Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati epidemiya holatidan kelib chiqqan holda hamda bugungi kunda global muammoga aylangan “COVID-19” infeksiyasini jazoni ijro etish muassasalariga kirib kelishini oldini olish maksadida har bir hududdagi jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qabul qilgan qarorlariga asosan pochta joʻnatmalari yetkazib berilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan pochta joʻnatmalarini qabul qilayotganligi yoki qabul qilmayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barcha pochta aloqasi obyektlarida mavjud boʻlib, ushbu maʼlumotlar bilan foydalanuvchilar bevosita tanishish imkoniyatiga egadir", — dedi Sherzod Axmatov.