Navbatdagi tarmoqdan noqonuniy foydalanish holati CHiroqchi tuman “Uymovut” MFYdagi tegirmon hamda bodomzorlarning birida aniqlandi.
 
Jumladan, joriy yilning 10 iyun` kuni Byuroning tuman bo'limi xodimlari tomonidan CHiroqchi tuman “Uymovut” MFYda yashovchi fuqaro e.Mo'minovning yashash xonadonining yordamchi xo'jalik xonasida elektr energiyasidan foydalanishi monitoring o'tkazilganda 1 (bir) dona 6,6 kvtlik un ishlab chiqarish tegirmoni hamda bodomzorni sug'orish uchun 2 (ikki) dona 4,7 kvtlik suv nasosni elektr hisoblagichga kiruvchi fazalarni o'zgartirgan holda (ko'z bilan ilg'ab bo'lmas yo'llar orqali) to'g'ridan to'g'ri elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa o'zboshimchalik bilan ulab, noqonuniy foydalanib kelinganligi aniqlangan. Hozirda ta'minotchi korxonaga etkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.
 
SHuningdek, malakatimizda COVID-19 infektsiyasi aniqlanib, karantin holati joriy etilgandan so'ng, afsuski, ayrim qo'shtirnoq ichidagi huqubuzarlarimiz tomonidan elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari ko'paydi. Joriy yilning 1 martdan 10 iyungacha bo'lgan vaqt oralig'ida CHiroqchi tumanida elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan 72 ta iste'molchilar aniqlanib, tarmoqdan uzildi. Huquqbuzarlarimiz davlatga 65 mln. so'mdan ortiq zarar etkazgan.
 
S.Juraev
MIB tuman bo'limi tezkor sho''ba inspektori
3-darajali yurist.