Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazoni qoʻllashga faqat tegishli hududlarda yoki obyektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy ish koʻrilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.