Xabarga asosan hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatdan ham ushbu oshxona maʼmuriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.
Oshxona maʼmuriyatiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborildi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan yana bir bor karantin cheklovlariga rioya qilishlarini soʻraydi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati