Karantinda xorijga 124,2 million AQSH dollari miqdorida mahsulot sotildi

    Biznes 11 May 2020 644

    Mamlakatimizda karantin joriy etilganiga qaramay, Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragi uchun belgilangan eksport rejasi uddalandi.

    Hududdagi 439 ta eksportyor korxona tomonidan jami xorijga 124,2 million AQSH dollari miqdorida mahsulot sotildi.

    Ularning 101,6 million AQSH dollari qiymatidagisi tayyor sanoat mahsulotlari, 22,5 million AQSH dollari esa sabzavot mahsulotlari hisoblanadi.

    Masalan, Zangiota tumanida mavjud 3945 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining ayrimlari karantin paytida o'z faoliyatini to'xtatgan edi. Lekin karantin choralari yumshatilgach, dastlab 1948 ta korxona faoliyatini tikladi. Keyin 2750 ta korxona ish boshladi. Bugungi kunda umumiy ovqatlanish shoxobchalari va bozor hududidagi 949 ta korxonalar bo'lib, keyingi bosqichda ularni ham ishni tushirish rejalashtirilgan. Ayniqsa, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini to'xtatmadi. Joriy yilning boshidan buyor 5 million 155 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulot eksport qilindi.

    Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, tumandagi "WORLD CLASS" mas'uliyati cheklangan jamiyati karantin davrida ish jarayonini to'xtatmagan korxonalardan biridir. Jamoada karantin sharoitida 200 nafar kishining 60 nafari ishni davom ettirdi. Natijada 41 ming AQSH dollari miqdoridagi xomashyo eksport qilindi va 320 mln. so'm miqdoridagi soliq mablag'lari davlat byudjetiga to'landi.