Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi axborot xizmati mazkur masalada quyidagi ma'lumotlarni keltirdi. Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga etarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari ro'yxatlari shakllantirildi. Unga ko'ra, 300 ming so'mgacha narxdagi 599 ta o'ringa mo'ljallangan jami - 13 ta, 301-500 ming so'm narxdagi 4256 ta o'ringa mo'ljallangan jami - 54 ta, 501 ming so'mdan yuqori narxdagi 3616 o'ringa mo'ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro'yxati shakllantirilgan.
SHu o'rinda, bitta reys orqali O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigienik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qo'riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o'rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro'yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami - 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e'lon qilib boriladi. Bunda mehmonxonalar o'rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to'lgach, ro'yxat yangilanib boriladi.
Mehmonxonalarda karantin davrini o'tkazish yuzasidan yo'riqnoma belgilandi.