Ishxonalarga borishga ruxsat berildi, ammo kimning etib olishga imkoni bo'lmasa, uyda masofadan ishlashi mumkin. Bu haqda mamlakatning bosh vaziri Boris Jonson xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, karantinni butunlay bekor qilishga hali erta. Hukumat shunchaki choralarni yumshatmoqchi.

Mamlakatda millionlab odam koronavirusga chalingan. Lekin hukumat uzoq muddatli majburiy harakatsizlik iqtisodiyotga, qolaversa aholining ruhiy va jismoniy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishidan ko'proq tashvishda.

Mamlakatda besh bosqichdan iborat koronavirus tahdidi rejimi e'lon qilingan edi. Karantin choralarini yumshatishning navbatdagi bosqichida 1 iyundan maktablar va savdo markazlari ochilishi, iyul` oyidan esa mehmonxonalar faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin.

“epidemiya cho'qqiga chiqib bo'ldi. endi ko'rsatkichlar asta-sekin pasaymoqda. Ammo bu  bosqich eng xavfli bosqichdir. Bunda xushyorlikni yo'qotmasligimiz, infektsiya jilovini qo'ldan boy bermay, hayotimizni asrashimiz kerak”, deydi Boris Jonson.

Jonsonning bu e'lonini eshitgan SHotlandiya vaziri Nikol Sterjen unga norozilik bildirdi. Sterjenning so'zlariga ko'ra, “Uyda qoling” iborasini “Xushyorlikni yo'qotmang” jumlasiga almashtirish halokatli bo'lishi mumkin. SHundan so'ng Britaniya bosh vaziri o'z tvitter sahifasida imkon qadar uyda bo'lish hamda do'stlar davrasini cheklash kerakligini tushuntirdi.

eslatib o'tamiz, Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko'ra, Buyuk Britaniya o'lim ko'rsatkichlari bo'yicha AQSHdan keyin ikkinsi o'rinda qolmoqda. Buyuk Britaniyada shu kungacha 31 930 nafar odam vafot etdi. Virusga chalinganlar soni esa 216 525 nafarni tashkil etmoqda.