Karatechilarimiz umumjamoa hisobida birinchi!

    Karatechilarimiz “Issyk-kul Open” turnirida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.

    Karate WKF boʻyicha Qirgʻiz Respublikasida tashkil etilgan “Issyk-kul Open” musobaqasida Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya va Oʻzbekistondan 500 nafarga yaqin sportchi qatnashdi. Kumite yoʻnalishida oʻtgan murosasiz bellashuvlarda hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

    Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati bilan tanishing:

    Oltin medal:
    -67 kg: Sadriddin Saymatov
    -75 kg: Quvonchbek Muhammadiyev
    +75 kg: Muhammadali Saymatov
    -55 kg: Shahrizoda Ismatullayeva
    +61 kg: Mohlaroyim Hakimjonova

    Kumush medal:
    -75 kg: Shohjahon Baxtiyorova
    -55 kg: Sevinch Rahimova
    -61 kg: Zulxumor Tursunaliyeva

    Bronza medal:
    -67 kg: Ulugʻbek Aliboyev
    +75 kg: Samarbek Hamroyev
    -61 kg: Sevinch Otaboyeva
    +61 kg: Bonu Egamberdiyeva