Petrogliflar neolit davriga oid boʻlib, Rossiya Federatsiyasi subyekti boʻlgan Kareliya Respublikasida joylashgan.

“Kareliya petrogliflari — YUNESKO obyekti! Tafsilotlar keyin maʼlum qilinadi! Butun jamoaga rahmat!”, deb yozgan respublika rahbari oʻzining VKontakte sahifasida.

Kareliya petrogliflari 1926-yilda Oq dengiz atrofidan topilgan boʻlib, u toshga oʻyib chizilgan 470 ta turli tasvirlardan iborat.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi mazkur qadimiy qoyatosh rasmlarini YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish taklifini ilgari surgan edi.