Dunyodagi eng zo'r futbolchilarning ko'pchiligi Evropa klublarida to'p suradi. SHuning uchun, davogarlar ko'pligidan, har yili mavsum yakunida qit'aning eng zo'r futbolchisini aniqlash ancha qiyin bo'ladi.
Kecha UEFA o'tgan mavsum yakunlariga bo'yicha Evropaning eng yaxshi o'yinchisi nomini e'lon qildi. Bu nomga “Real” va Frantsiya milliy jamoasi hujumchisi Karim Benzema loyiq topildi.
U “Real” va Bel`giya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua hamda “Manchester Siti” va Bel`giya milliy jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi.
Frantsiyalik 34 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Madrid klubi bilan La Liga chempioni, UEFA CHempionlar ligasi g'olibi, Evropa Superkubogi sohibi bo'ldi. SHuningdek, 15ta gol bilan ECHL to'purariga aylandi.