Karim Benzema mavsumning eng yaxshi to'purariga ham aylandi. U 12 o'yinda 15 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 15 ta goldan 10 tasini musobaqaning pley-off bosqichida kiritdi.

Shuningdek, fransuz futbolchisining hisobida bitta golli uzatma ham bor.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionalar ligasining 2021/2022 mavsumining final o'yinida Madridning “Real” jamoasi “Liverpul” ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, o`z tarixida 14 bor musobaqa g'olibiga aylandi, deyiladi nur.kz saytida.