Kecha Shveysariyada tashkil etilgan YCHL guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimidan soʻng oʻtgan mavsum yakuni boʻyicha Yevropaning eng yaxshi murabbiyi nomi eʼlon qilindi.

Xabaringiz bor, bu nomga Karlo Anchelotti (“Real”), Yurgen Klopp (“Liverpul”) va Pep Gvardiolani (“Manchester Siti”) daʼvogarlik qilayotgan edi. Soʻrov natijalariga koʻra italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti Yevropada yil murabbiyi deb topildi.