Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Karmana tuman DSI bosh inspektori A.Z. “S.” MCHJ rahbari I.P.ga 10 000 AQSH dollari evaziga ushbu MCHJga qarashli kafeda oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishini aytib, 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.