Karmana tumani hokimi Faxriddin Umarov Xitoy Xalq Respublikasi Chjeszyan viloyati Ningbo shahri Syanshan okrugidagi Niu Jingying xonim rahbarligidagi ishbilarmonlar delegasiyasini qabul qildi.
Ushbu uchrashuvda ikkala tomon ham do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilgan holda iqtisodiyot va savdo, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, gumanitar fanlar sohalarida, inson resurslarini rivojlantirish va o‘qitish hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilish muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Karmana tumani hokimligi va Xitoy Xalq Respublikasi Chjeszyan viloyati Ningbo shahri Syanshan okrugi o‘rtasida qardosh shahar aloqalari va hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.