Tadbirkor I.Sh.ning ishonchiga kirib, unga qarashli issiqxona hujjatlarini qalbakilashtirish orqali “A.Z.” MCHJ nomiga hududiy tijorat banki filialidan 980 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu kredit mablagʻlarini naqdlashtirib olib, oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.