Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Karmana filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning sobiq yetakchi mutaxassisi F.F. va “L.B.” MCHJ, “Z.Ch.” fermer xoʻjaligi rahbarlari fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz jami 175,5 mln soʻm imtiyozli kreditni rasmiylashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “Asakabank” AJning Navoiy filiali mutaxassisi Sh.Sh. va boshqalar 191 ta holatda mijozlardan qabul qilingan 142,9 mln soʻmni kredit qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltirmasdan, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.