Tanlovdan koʻzlangan maqsad — mahallalarda yoshi ulugʻ onaxonlarning ibratli hayot yoʻlini namuna qilib koʻrsatish, oilalarni mustahkamlashda ularning rolini oshirishdan iborat.
Shuningdek, tadbir mobaynida Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib, mahallaning faol ayollari butun mahalla xotin-qizlariga oʻrnak boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Oʻylaymizki, bunday muhim tadbirlar oilalarda oʻzaro kelishmovchiliklar, turli nizolarning oldini olishda muhim omil boʻladi.