Kartadan kartaga pul oʻtkazmalari soliqqa tortilmaydi

    Moliya 13 Aprel 2023 1485

    Ijtimoiy tarmoqlarda kartadan kartaga (P2P) pul oʻtkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qildi.

    Jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.

    Soliq kodeksi 378-modda yaʼni, bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul oʻtkazish (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.