Khaleej Times gazetasining yozishicha, rassom Dubaydagi Atlantis otelida kuniga 20 soatlab ishlagan.

Kattaligi ikkita futbol maydoniga teng keladigan kartinaning avvaliga bir necha boʻlaklarga boʻlib, taxminan 30 million dollarga sotish rejalashtirilgandi.

Auksiondan tushgan pulni Jafri YUNESKO va YUNISEFning insonparvarlik loyihalariga sarflab, kambagʻal bolalarga yordam bermoqchi.

— Mening asosiy maqsadim 200 million bolaga yordam koʻrsatish, — dedi u. — Bu mablagʻ internet orqali shuncha bola savodli boʻlishiga, qoshshoq mamlakatlarga internet yetib borishiga sarflanishini istayman.

Kartinani kriptavalyutaga ixtisoslashgan firma rahbari Andre Abdun sotib oldi.