Ma'lum bo'lishicha, bu sabzavot muhim mikroelementlarga boy bo'lib, ilgari o'ylanganidek, semizlik va diabet xavfini oshirmaydi. Tadqiqot natijalari Journal of Medicine Food jurnalida chop etilgan maqolada keltirilgan.
Tadqiqot davomida mutaxassislar 18 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan, ortiqcha vaznli, semirib ketgan yoki insulinga chidamli bo'lgan 36 nafar ishtirokchining ma'lumotlarini o'rgandilar.
Birinchi guruhdagi ko'ngillilarga loviya, no'xat va go'sht yoki baliqni o'z ichiga olgan oziq-ovqatlarni, ikkinchi guruhdan esa ratsionga oq kartoshka, go'sht yoki baliqli kiritish so'raldi. Har bir parhez meva va sabzavotlarga boy bo'lib, an'anaviy go'sht, loviya, no'xat yoki kartoshka iste'molini 40 foizgacha kamaytirish imkonini berdi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, kartoshkali parhez loviya va no'xatdan iborat parhez kabi organizm uchun bir xil darajada foydali ekani, ularning aslida salomatlikda sezilarli farqi yo'qligi ma'lum bo'ldi.