Universitet ma’muriyati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida jamoa a’zolarining mehnatga oid boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda jamoatchilik nazoratiga olingan.
Hozirgi kunda Universitet birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi 845 nafar a’zolarini birlashtirgan.Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga xodimlardan 2025-yil I-choragida 107 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 tasi moddiy yordam, 23 ta murojaatlar esa sanatoriya va dam olish maskanlariga, 42 ta murojaat davolash profilaktika markazlari yo‘llanmalar so‘rab murojaat kelib tushgan murojaatlar barchasi qanoatlantirilgan.
Birgina 2025-yil I-choragida Kasaba uyushmasi tomonidan qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tsak, Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida 2025-yil I-choragida universitetimizda faoliyat yuritayotgan 42 nafar yordamga muhtoj xodimlarimizga jami 48.7 mln so‘mlik pul ko‘rinishdagi moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushma a’zolari sog‘ligini mustahkamlash uchun 2025-yil I-choragida 19 nafar xodimlarga Chinobod, sanatoriysiga va Olmos, Zomin Plato Wyundham dam olish maskanlariga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.
2025-yil I-choragida Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat drama teatriga 73 nafar, O‘zbek milliy akademik drama teatri 50 nafar, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida tashkil etilgan konsert dasturlariga 481 nafar, “Turkiston” san’at saroyida tashkil etilgan konsert darsturlariga 40 nafar, A.Navoiy nomidagi opera va balet teatriga 70 nafar xodimlarning tashrifi tashkil etilib, bunda jami 714 nafardan ortiq xodimlar qamrab olindi.
Kasaba uyushmasi jamoaviy, madaniy-ommaviy ko‘ngilochar hamda sport tadbirlar rejasiga asosan jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etib kelmoqda. Xodimlar o‘rtasida sportning darts, badminton, stol tennis, shashka, shaxmat, volleybol kabi turlaridan 5 ta musobaqa va turnirlar o‘tkazilib, 82 nafardan ortiq xodimning ishtiroki ta’minlandi.
Xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning intellektual saloyihatini oshirish va jamoaviy birdamlik darajasini yuksaltirish maqsadida 2 marta “Zakovat” intellektual o‘yinlari ham tashkil etilib, umumiy 189 nafardan ortiq xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.
TDYU Kasaba uyushmasi hamda Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi bilan xodimlari hamda professor-oʻqituvchilarining huquqiy innovatsion gʻoyalari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Legal Startup Battle” startap gʻoyalar tanlovi oʻtkazildi
8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami va 21-mart — Navro‘z bayram tadbirlarida kasaba uyushmasi vakillari ham faol ishtirok etishdi. Xususan, joriy yilning 3-aprel kuni, universitetda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi va umumiy 600 nafardan ortiq xodimlar bayram dasturida ishtirok etishdi. Bayram doirasida “Osh chempionati”, “Navro‘zona dasturxon bezagi”, “Milliy liboslar tarannumi” kabi tanlovlar tashkil etilib xodimlarimiz o‘zlarining mahoratlarini namoyon etishdi va tanlov g‘oliblariga kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Kasaba uyushmasi Faxriylarning holidan xabar olish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasasida qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ichki turizm, sog‘lomlashtirish hamda sport tadbirlarini muntazam tashkil etishni rejalashtirgan.
M. O’razaliyev,
Toshkent davlat yuridik universiti
kasaba uyushmasi raisi