Tadbir avvalida akademiya rektori, professor A. Shadmanov o'z vazifalarini sidqidildan, fidokarona, matonat bilan bajarayotgan tibbiyot xodimlariga salomatlik va muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqimiz salomatligini har qanday ne'matdan ustun bilib, tanlagan kasbi va qasamyodiga sadoqatini o'zining halol mehnati bilan oqlab kelayotgan fidoyi shifokorlar mehnati e'tirof etildi.

Tantanali bayram tusini olgan tadbirda tibbiyotimizning etuk mutasaddilari, olim va shifokorlar, hamshiralar zimmasidagi zalvorli va sharafli vazifalar mas'uliyati haqida gapirdi.

Tadbirda faxriy ustozlar, professor va o'qituvchilarga bayram tuhfalari taqdim etildi, deb xabar beradi Toshkent Tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.