Kasbi tumanida kredit mablagʻini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi

    Xavfsizlik 15 Aprel 2021 416

    Tekshiruvda D.V. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning yirik shohli qora mollarini sotuvidan tushgan 138 mln soʻm pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi maʼlum boʻlgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan AT “Xalq bank” Kasbi filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.Q.” MCHJ rahbari D.V. chorva mollariga ozuqa yem mahsulotlari sotib olish maqsadida bank filialidan ajratilgan kredit evaziga 817,6 tonna ozuqa mahsulotlarini import qilib, ushbu mahsulotlarni belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan naqd pulga sotib yuborib, 753,6 mln soʻm kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Bundan tashqari, tekshiruvda D.V. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning yirik shohli qora mollarini sotuvidan tushgan 138 mln soʻm pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi maʼlum boʻlgan.

    Mazkur holat yuzasidan D.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.