Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. fuqaro N.X.ni tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi Oʻsh davlat universitetining yuridik yoʻnalishiga 2-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “E.S.” MCHJ rahbari M.B. fuqaro M.T.ning Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Sinergiya universitetidagi oʻqishini 1 500 AQSH dollari evaziga Namangan davlat universitetiga koʻchirib berish va imtihonlardan oʻtkazib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.