Nizom Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma faoliyatini boshqarish, uning mablagʻlarini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi, jumladan:
- kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv-metodik taʼminotini mustahkamlash, oʻquv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini toʻldirish;
- “Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini taʼminlash;
- pedagog kadrlar yoki oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirish.
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlarni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.









