Kaspiy dengizida tyulenlarning ommaviy nobud bo'lishining sababi ma'lum qilindi

    Ko'chib yuruvchi qushlar Kaspiy dengizi tyulenlari orasida parranda grippining tashuvchisiga aylangan bo'lishi mumkin.

    Bu esa 2022-yil dekabr oyida Dog'iston qirg'oqlarida hayvonlarning ommaviy nobud bo'lishiga olib keldi.

    Avvalgi tadqiqotlar hayvonlar Kaspiy dengiziga xos tabiiy gaz chiqindilari tufayli nobud bo'lganligini ko'rsatgan edi. Zilzilalar gazlar emissiyasiga olib kelishi mumkin. 2022-yil dekabrida 2,5 mingdan ortiq tyulen o'lik holatda topilgani xabar qilingan edi.

    Kaspiy tyuleni Kaspiy dengizining yagona sutemizuvchisidir. 2008-yilda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi uni yo'qolib ketish xavfi ostidagi jonivorlar ro'yxatiga kiritdi va 2020-yilda mazkur tur Rossiya Qizil kitobiga kiritilgan. XX asr boshlarida Kaspiy dengizidagi tyulenlar soni 1,2 milliontani tashkil etdi. O'tgan asrning 70-yillarida ularning soni 600 mingga kamaydi, deb xabar beradi tass.ru.