Katalin Kariko va Dryu Vaysman 2023 yilgi fiziologiya va tibbiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo'ldi

    Dolzarb 2 Oktabr 2023 6223

    Mukofot COVID-19ga qarshi mRNK-vaktsinasini yaratishga asos bo'lgan tadqiqotlar uchun berildi.

    Katalin Kariko (Vengriya) va Dryu Vaysman (AQSH) 2023 yilgi fiziologiya va tibbiyot bo'yicha Nobel` mukofoti sovrindorlari bo'ldi.

    Mukofot COVID-19ga qarshi mRNK-vaktsinasini yaratishga asos bo'lgan tadqiqotlar uchun berildi. Dunyoda dahshatli COVID-19 epidemiyasi boshdan kechirilgan va boshqa epidemiyalar xavfi katta bo'lgan bir paytda ularning mehnati bebaho deb tan olindi.

    Eslatib o'tamiz, o'tgan yili mukofot shved genetiki Svante Paaboga yo'q bo'lib ketgan gominidlar genomlari va inson evolyutsiyasi bo'yicha olib borgan tadqiqotlari uchun berilgan edi.