Katarakta kasalligi ko'zning xiralashishi bilan bog'liq kasallik bo'lib, molekulyar o'zgarishlar, oqsil xususiyatlarining yo'qolishi natijasida yuzaga keladi. Britaniyalik olimlar VP1-001 deb nomlangan tomiziladigan dori ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishdi. Mazkur dori ko'zdagi oqsil tuzilishini tiklash imkonini beradi.
Olimlarning fikricha, mazkur kashfiyot kataraktaning ayrim turlarini jarrohlik amaliyotisiz davolash imkonini beradi, deb yozadi lenta.ru.