Necha ming yillik tarixga ega qadim zamin qaʼridan har gal bir qator arxeologik osori atiqalar topilmoqda, muzeylarimiz boyib bormoqda.
Shovot tumani hududidagi Katqalʼa xarobalarida Maʼmun akademiyasi ekspeditsiyasi qazishmalar vaqtida miloddan avvalgi toʻrtinchi-uchinchi va soʻngi antik davr milodiy ikkinchi-uchinchi asrlarga oid sopol buyumlar va marmardan yasalgan idishlar siniqlarini topishdi. Antik davrga oid deb hisoblanayotgan mis uzukning yaxshi saqlangani olimlar eʼtiborini tortdi.
Qadim qalʼa xarobalarida qazishma ishlari davom etmoqda.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.