Qayd etilishicha, shu yilning 25-may kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta chimyon“ togʻiga ikki nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, ulardan biri yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgan va fuqarob alandlikdan xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yoʻq.









