Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon“ togʻiga ikki nafar fuqarolar sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolishi oqibatida togʻdan tusholmay qolganligi va amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va fuqarolar dengiz sathidan taxminan 3400 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Tan jarohati olganlar yoʻq.









