“Katta Chimyon”da 4 nafar fuqaro adashib qoldi

    Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Katta Chimyon” togʻiga aylanish uchun borgan 4 nafar fuqaro adashib qoldi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 21-sentyabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta Chimyon” togʻiga toʻrt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushdi.

    Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushildi. Tan jarohati olgan yoʻq.