Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 3-iyun kuni soat 15:10 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani “Chimyon“ mahalla hududidagi “Katta Chimyon“ togʻiga bir nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgan va fuqaro togʻdan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Tan jarohati olganlar yoʻq.








