Uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish boʻyicha katta dastur bugun natijasini berayotgani taʼkidlandi.

Qoʻshimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega boʻldi. Xizmatlar 2018-yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshdi (oʻsish – 3,5 barobar).

Ayniqsa, IT, moliyaviy xizmatlar, turizm, aviatsiya, taʼlim va tibbiyot sohalarida “katta sakrash” boʻldi.

Soʻnggi yetti yilda aholi daromadi va toʻlov qobiliyati 2 karra oʻsgani natijasida aholida yangicha xizmat va servis turlariga talab ortmoqda.

Shunga yarasha vazirlar va hokimlar talabga mos ravishda xizmatlarni rivojlantirishi kerakligi qayd etildi.