Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasi katta hamshirasi S.Sh. yuqumli kasalliklar boʻlimini 6 nafar hamshirasining ish stavkasiga 0,25 stavkadan qoʻshtirib berish evaziga ularning 2 200 AQSH dollari va 1,1 million soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, S.Sh. tomonidan 800 AQSH dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.